Amalga oshirilgan ishlar e’tirofi
20/03/2025
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida "Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasi bilan hamkorlikda amaliy ishlar tashkil etildi.
Mazkur oylik davomida, “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi bilan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi birgalikda Andijon viloyatida daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, suv oqimlarini salbiy oqibatlarsiz o‘tkazib yuborish maqsadida, oqimni barqarorlashtirish uchun talveglar tashkil qilish ya’ni daryo va soydagi suv oqimini o‘zanning markaziga yo‘naltirish ishlari muntazam ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.
Shuningdek, “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasining Andijon viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlari loyihasini amalga oshirish huquqi bo‘yicha shartnoma imzolagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ichki ko‘chalarini, maktab hamda bog‘chaga olib boruvchi yo‘llarni shag‘allashtirish uchun shag‘al hamda sheben maxsulotlari beg‘araz yetkazilib, ko‘chalar tekislandi.
O‘z navbatida, "Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasi Andijon viloyati bo‘linmasi va tadbirkorlik subyektlari mazkur oylikni yuqori saviyada o‘tishida o‘z hissasini qo‘shayotganligi sababli viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.