Noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi
26/06/2024
Joriy yilning 25-iyun kuni “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi rahbaryati tomonidan Toshkent viloyati hududidan oqib o‘tuvchi daryolar o‘zanida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqiga ega tadbirkorlik subyektlariga biriktirilgan uchastkalarda amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “Qizilsoy” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qizilsoy soyi o‘zanida noma’lum shaxslar tomonidan “HYUNDAI” rusumli ekskavator hamda “KAMAZ” rusumli yuk tashish texnikalari yordamida hech qanday ruxsatnomalarsiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al materiallarini qazib olish holati aniqlandi.
Aniqlangan holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rish maqsadida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat bo‘yicha inspeksiyasi xodimlari jalb qilinib, voqea joyida aniqlangan texnikalar topshirildi.