Yuqorichirchiqda Qizilsoy soyini tozalash bo‘yicha jamoatchilik fikri tinglandi

30/05/2025

"Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasi Toshkent viloyati bo‘linmasi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Yuqorichirchiq tumani bo‘limi xodimlari boshchiligida Yuqorichirchiq tumani "Buloqboshi" MFY hududidan oqib o‘tuvchi Qizilsoy soyi o‘zanidagi uchastkalarda ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

 Eshituv davomida, mahalla faollariga soy o‘zani va mintaqadagi ekologik muammolar,  uchastkani to‘planib qolgan qum-shag‘al materiallaridan tozalash orqali hududda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari va suv toshqinlari bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, qishloq xo‘jaligi va ekin maydonlari muhofazasini ta’minlash choralarini ko‘rish lozimligi mutaxassislar tomonidan ta’kidlanib, zudlik bilan o‘zan  tozalsh ishlarini amalga oshirish zarurligi tushintirildi.

  O‘tkazilgan jamoatchilik eshituvida mahalla faollari tomonidan soy  o‘zanini tozalash bo‘yicha ishlab chiqilishi rejalashtirilgan loyihalar bir ovozdan ma’qullandi.