Toshqinga qarshi chora-tadbirlar: Qoradaryo markazda!

16/05/2025

Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining hududiy ishchi guruhi viloyat prokuraturasi raisligida 2025-yil 14-may kuni Andijon viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosida suv toshqini, sel oqimlarini barvaqt oldini olish hamda daryoning yemirilayotgan qirg‘oqlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 

O‘rganishga, Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi "Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish" davlat muassasasi, Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Norin-Qoradaryo ITHB Andijon viloyat bo‘linmasi, O‘zgidromet xizmati agentligining Andijon viloyat boshqarmasi rahbariyati va xodimlari jalb etildi.

 Jarayon davomida, Andijon viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Qordaryo daryosi o‘zanida tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryo o‘zanini tozalash orqali suv toshqinini va qirg‘oqlari yuvilishini oldini olish, olib borilayotgan qirg‘oq mustahkamlash ishlari o‘rganilib, mutaxassislar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifa va ko‘rsatmalar berildi.