Murojaatni o‘rganish davomida yaroqsiz holga kelgan qoziqlar yangilandi

25/03/2024

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani Kosonsoy soyi o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini tegishli ruxsatnomalarsiz qazib olish holati mavjudligi yuzasidan soyga yaqin hududda istiqomat qiluvchi aholi vakillaridan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Namangan viloyati boshqarmasiga murojaat kelib tushgan.

2024-yilning 25-mart kuni, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi Namangan viloyati bo‘linmasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Namangan viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, “Kichik qurama” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi mutaxassis xodimlari hamkorligida joyga chiqqan holda murojaatni o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.

Unga ko‘ra, “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi va “Istiqlol Javohiri” MChJ o‘rtalarida Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani “Kichik qurama” hamda “Saroy” MFY hududlaridan oqib o‘tuvchi Kosonsoy soyi o‘zanini tozalash jarayonida qum-shag‘al materiallarini qazib olish huquqi uchun shartnoma imzolangani hamda mazkur shartnomaning maqsadi suv toshqini mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlarini Kosonsoy soyidan talofatsiz o‘tkazish, qirg‘oqlar yuvilishini hamda qirg‘oqqa yaqin joylashgan hududlarni, aholi punktlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni suv bosishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish ekanligi mahalliy aholi vakillariga tushuntirildi.

Shu o‘rinda, uchastkaning sel kelishi oqibatida yaroqsiz holga kelib qolgan burchak qoziqlari hamda loyihaning texnik parametrlarini aks ettiruvchi banner qayta ishchi holatga keltirildi.