E'lon!

18/09/2023

2020 yil 7 sentabrdagi Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi 541-son qarorning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Atrof muhitga ta’sirni baholash loyihalarini jamoatchilik eshituvlaridan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablaridan kelib chiqib, 2023-yil 12-oktyabr kuni soat 10:00 da Chinoz tumani hokimligi binosida Toshkent viloyati Chinoz tumani Oxunboboyevmassivi hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosi o‘zanidagi uzunligi 650 metr, eni  100 metr bo‘lgan uchastkada to‘planib qolgan qum-shag‘al materiallaridan tozalash loyihasini muhokama qilish maqsadida jamoatchilik eshituvi tashkil qilinishini ma'lum qilamiz.

Jamoatchilik eshituviga sohaga taaluqli idoralar va tashkilotlar hamda aholi vakillari taklif etiladi.

Manfaatdor tomonlar va aholi vakillari tomonidan loyiha materiallarining qog‘oz shakli bilan tanishishlari mumkin bo‘lgan joy manzili: Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumani Do‘rmon yo‘li ko‘chasi 2A-uy ,Indeks:100164.

Loyihaga tegishli bo‘lgan materiallarning elektron shaklini Xavfsiz daryo boshqarmasi davlat muassasasining quyidagi elektron pochtasi orqali so‘rab olinishi mumkin: xdduk@exat.uz .