Umarbekov Baxrom Botirbekovich

02/28/2025

Umarbekov Baxrom Botirbekovich 1978-yil 10-iyulda Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug’ilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Biznes va Tadbirkorlik Oliy Maktabida magistraturani, 1999-yil AQShdagi  Emori Universitetida bakalavriatni tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida, “Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati” buxgalteriya bo‘limining moliyaviy va statistik hisobotlar guruhi rahbari, Deloitte va KPMG firmalarida xalqaro auditor, FIM (Rossiya) investitsion bankida analitik, “Super iMAX” MChJ strategiya bo‘yicha direktori, "Technobiz Equipments" (Singapur) kompaniyasi moliyaviy direktori, “Kazkommersbank” (Qozog‘iston)da korporativ kreditlash departamenti qurilish sho‘basi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi investitsiya boshqarmasi boshlig‘i, elektr energetikasi tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha loyiha ofisi direktori o‘rinbosari, “UET Consulting” MChJ direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.